Masofaviy ta’lim sohasidagi mashhur Xon akademiyasining ma’rifiy videolari o‘zbek tiliga tarjima qilinayotgani haqida xabar bergan edik. Hukumat ham bu platformani mahalliylashtirib, ommalashtirishni ma’qullagan. Shu maqsadda “Bilim onlayn” nodavlat-notijorat ta’lim tashkiloti tuzilgan.

Biroq ushbu tashkilot o‘z nomi bilan notijoriy tashkilot bo‘lib, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun homiylik, xayriya mablag‘lariga muhtoj. Shu maqsadda loyiha rahbari Botir Orifjonov o‘zbekistonliklarga murojaat qilib, boshlangan ishni oxiriga yetkazishda yordam so‘ragan, xayriya mablag‘lari orqali qo‘llab-quvvatlashni iltimos qilgandi.

Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va o‘qiyotgan o‘zbekistonliklar mazkur tashabbusni birinchilardan bo‘lib olqishlab chiqishdi. Koreyadagi vatandoshlarning xayriya mablag‘larini yig‘ish maqsadida Shinhan bankda (신한 은행) maxsus hisobraqam ochildi.

Xayriya mablag‘i o‘tkazish uchun hisobraqam

110-496-181-528

Bog‘lanish uchun telefon: 010-8729-1827.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: Javohir Izzatullayev, Dong-A universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limi amaliyotchisi. Telefon raqami: 01059576596, Twitter @thejavohir, Telegram @javohirga_murojaat_bot.

Xayriya aksiyasi tashkilotchilaridan beri, Sejong universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha koordinatori Otabek Jo‘rayevning ma’lum qilishicha, har kuni tushgan pullar haqida ma’lumot berib boriladi.

Xayriya aksiyasi orqali shu paytgacha yig‘ilgan mablag‘
Telegramdagi "Xan akademiyasiga yordam (Korea)" guruhidan skrinshot.

Xon akademiyasiga yordam berishni maqsad qilgan Koreyadagi o‘zbeklar uchun "Telegram"da maxsus guruh ham ochilgan. Aksiya tashkilotchilari Janubiy Koreyadagi xolis yordam bermoqchi barcha o‘zbekistonliklarni guruhga qo‘shilishga chaqiradi. Bu guruhda xayriya aksiyasi to‘g‘risidagi har qanday savolingizga javob olishingiz mumkin.

“Bilim onlayn” nodavlat-notijorat ta’lim tashkiloti direktori Elbek Bahromovning aytishicha, shu paytgacha GoFundMe platformasi orqali 11800 dollar (9142 funt sterling) yig‘ilgan. Click va Payme orqali 27 aprelgacha yig‘ilgan mablag‘ 17 721 074 so‘mni tashkil etadi.

PayMe orqali yuborilgan pullar.

Xon akademiyasi platformasini o‘zbekchalashtirish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 50 ming AQSh dollari miqdorida grant ajratgan. Ammo sharti bor: tashkilot bu grantni olishi uchun belgilangan muddatda yana shuncha miqdorda, ya’ni $50 ming xayriya yordami to‘plashi kerak. Muddat 4 may kuni tugaydi. 4 mayga qadar belgilangan miqdorda xayriya mablag‘i to‘planmasa, bank grantni bermaydi.

Xon akademiyasining o‘zbek tilidagi versiyasi yaratilishi sizga bog‘liq bo‘lib turibdi.

Bank orqali so‘mda pul o‘tkazish uchun:

H/r: 20212000400980475001
STIR: 207290667
Tashkilot nomi: “Bilim Onlayn” NNT
Manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-b-uy.

Qabul qiluvchi bank: “Aloqabank” ATB
MFO: 00401
STIR: 200829053
Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko‘chasi, 4-uy.

AQSh dollarida pul o‘tkazish uchun:

H/r: 20212000400980475001
Tashkilot nomi: “Bilim Onlayn” NNT
Manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-b-uy.
Qabul qiluvchi bank: “Aloqabank” ATB
Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko‘chasi, 4-uy.
SWIFT: SCLUZ22

Telegramdagi rasmiy kanal:
https://t.me/xanakademiyasi (Aloqa uchun: @xanakademiyasi_admin)
E-mail: team@bilimonlayn.uz
Bog‘lanish uchun telefon:
+998971309050

Xon akademiyasi darslari o‘zbek tilida berilishi nimasi bilan muhim: O‘zbekistonda xalq ta’limining sifati past, darsliklar ma’nan eskirgan. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bu borada muayyan ishlar qilinayotgan bo‘lsa ham bu muammolarni hal qilish hali ancha vaqtni oladi. Xon akademiyasining 30 dan ortiq fan bo‘yicha tayyorlanadigan o‘zbekcha darslari bu kamchiliklarni qisman o‘nglashga yordam beradi. Shuningdek,

  • masofaviy ta’lim mutlaqo bepul bo‘lib, har bir o‘quvchiga o‘zi xohlagan vaqtda, sharoitidan kelib chiqib, mustaqil ta’lim olish imkonini beradi;
  • bu tarjimalar o‘zbek tilini yanada boyitadi. Ta’lim, ilm-fan olamidagi oxirgi yangiliklar o‘zbek tilida yetkazib beriladi.

Istisno tariqasida www.khanacademy.org platformasiga barcha internet provayderlari va mobil operatorlari orqali bepul kirish imkoniyatini ta’minladi.

2006 yili MIT bitiruvchisi Salmon Xon videodarslar orqali bemorligi uchun maktabga borolmay qolgan jiyaniga matematikani o‘rgatmoqchi bo‘lgan. Uning bu darslari ommalashib ketgach, u Xon akademiyasiga asos soladi.

  • Akademiya xayriya mablag‘lari hisobiga moliyalanadi. Hozir “Google”, “Bill & Melinda Gates” fondi tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda.
  • Akademiyaning onlayn ta’lim platformasida 10 mingdan ortiq ma’ruza, 100 mingdan ortiq interaktiv mashq jamlangan. Ular 30 dan ortiq tilga tarjima qilingan.
  • Dunyo bo‘ylab har oyda 40 millionga yaqin o‘quvchi, 2 millionga yaqin o‘qituvchi Xon akademiyasi materiallaridan foydalanadi.