Davlat muassasalari hamda tashkilotlarida (avtovokzallar, aeroportlar va temiryo‘l vokzallarida, parklarda) go‘daklar uchun maxsus joylar tashkil etiladi. Bu deputatlar 12-iyulda qabul qilgan qonun loyihasida ko‘zda tutilgan.

Qonunchilik palatasi “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi qonunni uchinchi o‘qishda qabul qilgan.

  • Qonun loyihasining maqsadi – ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqatlariga doir belgilangan talablarga rioya etilishini ta’minlash.
  • Hujjat go‘dak va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqatlari, kichik yoshdagi bolalar, sun’iy oziqlantirish, qo‘shimcha ovqat kabi asosiy tushunchalar izohlangan.