Ixtisoslashtirilgan maktablar, atoqli adiblar nomi berilgan ijod maktablari va maktab-internatlarida o‘tkazilgan test natijalari Xalq ta’limi vazirligining rasmiy saytida e’lon qilindi.

Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan test sinovi natijalari:

5-sinf test natijalari

7-sinf test natijalari

Ijod maktablari test natijalari

O‘quvchilarni javoblar varag‘i raqamini bilish uchun tegishli maktab ma’muriyatiga murojaat qilish mumkin!

Imtihonlar shu yilning 21–26-avgust kunlari bo‘lib o‘tgandi. Davlat test markazi tomonidan test shaklida o‘tkazilgan imtihonda jami 30526 nafar o‘quvchi ishtirok etgan. Jumladan, ijod maktablari imtihonlarida 1160 nafar, ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari imtihonlarida 16912 nafar, ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatlari imtihonlarida 12454 nafar o‘quvchi qatnashgan.