Prezident maktablarining asosiy imtihonlaridan yiqilgan, biroq sinovlarda yuqori ball olgan nomzodlar Respublikamizdagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga imtihonsiz qabul qilinadi. Bu haqda Minbar avvalroq o‘z manbasiga asoslanib xabar bergan edi.

Xalq ta’limi vazirligining axborot xizmati ma’lum qilishicha, ixtisoslashtirilgan maktablarga 5- va 7-sinfga o‘tayotgan o‘quvchilar qabul qilinadi. Ixtisoslashtirilgan maktablar va ularda o‘qishga tavsiya etiladigan o‘quvchilar ro‘yxati tez orada pm.xtv.uz saytida e’lon qilinadi.