Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari, atoqli adiblar nomi bilan ataluvchi ijod maktablari va maktab-internatlarida o‘tkazilgan test natijalari 2019-yil 30-avgust kuni Xalq ta’limi vazirligining rasmiy saytida e’lon qilinadi.

Imtihonlar shu yilning 21–26-avgust kunlari bo‘lib o‘tgandi. Davlat test markazi tomonidan test shaklida o‘tkazilgan imtihonda jami 30526 nafar o‘quvchi ishtirok etgan. Jumladan, ijod maktablari imtihonlarida 1160 nafar, ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari imtihonlarida 16912 nafar, ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatlari imtihonlarida 12454 nafar o‘quvchi qatnashgan.