25-apreldan Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi, Toshkentda joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarda “Ochiq eshiklar kuni” boshlandi. U 27-aprelgacha davom etadi.

Barcha ota-onalar va ommaviy axborot vositalari vakillari namunali maktablar faoliyati bilan tanishishlari mumkin. “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkaziladigan maktablar:

  • 25-aprel – Kasb-hunarga yo‘naltirish va profilli mehnat ta’limi respublika ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi (Mirzo Ulug‘bek tumani Jahon Obidova ko‘chasi 7-a uy);
  • 25-aprel – Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi (Uchtepa tumani 12-mavze, Xuroson mahallasi);
  • 26-aprel – Mirzo Ulug‘bek nomidagi matematika, astronomiya, fizika, informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi (Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi 153-uy);
  • 27-aprel – Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi (Toshkent shahri Oqqo‘rg‘on ko‘chasi 32-uy);
  • 27-aprel – Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi (Toshkent shahri Olmazor tumani Sebzor dahasi);
  • 27-aprel – Tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi (Yunusobod tumani Yangishahar ko‘chasi 1-uy).