Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Ichki ishlar vazirligining avtosport markazini borib ko‘rdi.

“Prezident Berdimuhamedov yangi Nissan sport avtomobilini ko‘zdan kechirdi va uni sinov tariqasida haydab ko‘rdi. So‘ngra, mamlakat rahbari haqiqiy poygachi mahoratini namoyish qilib, driftning yuqori darajasini ko‘rsatdi”, — deyiladi Turkmaniston Axborot Agentligi tarqatgan xabarda.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov ko‘p qirrali istedod sohibidir. Mahoratli otchopar va sportsmen bo‘lishdan tashqari, prezident she’r yozadi, musiqa bastalaydi va hattoki rep aytadi. U, shuningdek, qurol-yarog‘ning barcha turlaridan professional tarzda foydalana oladi.