GM Uzbekistan endi UzAuto Motors bo‘ldi. GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati nomi o‘zgargani haqda «Daryo» o‘z manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Muayyan inqirozni boshdan kechirayotgan o‘zbek avtomobilsozligining flagmani rebrending qilishi mumkinligiga 2018 yil oxirida kompaniya uzavtomotors.uz va uzautomotors.uz domenlarini sotib olgani ham bilvosita ishorat qilmoqda.

Kompaniya nomi nega o‘zgardi: avvalroq "O‘zavtosanoat" General Motors ulushini sotib olgan edi va endi GM Uzbekistan to‘liq O‘zbekistonniki hisoblanadi.

UzA yozishicha, rasman rebrending haqida ertaga e’lon qilinadi.

GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi 2008 yilda AQShning General Motors (25 foiz) va O‘zbekistonning "O‘zavtosanoat" AJ (75 foiz) tomonidan “O‘zDeuAvto” YoAJ o‘rnida tashkil qilingan edi. Kompaniya quvvati yiliga 250 ming avtomobilni tashkil qiladi.

Bugungi kunda korxona Nexia, Cobalt, Lacetti (Gentra) va Malibu, Spark, Tracker, Malibu, mikroavtobus Damas va uning yuk tashishga moslashgan ko‘rinishi Labo kabi avtomobillar ishlab chiqaradi.

Eksport qilinadigan avtomobillar Ravon brendi ostida sotiladi. Bular asosan Nexia, Cobalt va Spark avtomobillaridan iborat.