"O‘zgidromet"ning ma’lum qilishicha, payshanba kunidan boshlab O‘zbekistonda havoning keskin isib ketishi kutilayapti.

"11 – 18-iyul kunlari mamlakatda jazirama bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan 5-7 daraja yuqori bo‘ladi. Kunduzlari 40-42 daraja, janubda va cho‘llarda 43-45 daraja issiq bo‘ladi", – deb xabar berishdi sinoptiklar.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida garmsel bo‘lishi ehtimoli bor.

"11 – 18-iyul kunlari jazirama tufayli Tojikiston va Qirg‘izistondagi muzliklar erishi sababli respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarida sel kelish xavfi bor", – deya ogohlantirmoqda "O‘zgidromet".

Garmsel – kuchli quruq va issiq shamol. O‘rtaosiyoda vodiylarda deyarli shamol bo‘lmasa ham kuzatiladigan jazirama issiqni garmsel deyishadi.