Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi Firdavs Abduxoliqov "O‘zbekkino" Milliy agentligi Bosh direktori etib tayinlangan. 2017-yilning avgustidan beri ushbu lavozimda Furqat Zokirov ishlab kelayotgan edi.

Furqat Zokirov Otabek Musayev o‘rniga kelgan bo‘lsa, 2016-yilning yanvarida rahbarlik lavozimini egallagan Otabek Musayevdan oldin Ahmadjon Umarov "O‘zbekkino" rahbari bo‘lgan.

"Rokirovka" sababi hozircha ma’lum emas.

Minbar manbalarining ma’lum qilishicha, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markaziga ham yangi rahbar tayinlangan. Ayni paytgacha ushbu vazifani "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi raisligiga saylangan Alisher Qodirov bajarib kelayotgandi.