Facebook «Study» deb nomlangan yangi ilovani taqdim qildi. Bu ilovani o‘rnatgan foydalanuvchilar «Facebook»ka o‘zlarining internetdagi faoliyati, turli smartfon ilovalaridan qanday foydalanishi haqidagi ma’lumotlarni sotadi. Facebook ularning shaxsiy ma’lumotlari uchun haq to‘laydi.

Qanday ma’lumotlar?

Bular:

  • foydalanuvchi telefonida o‘rnatilgan ilovalar;
  • har bir ilova uchun foydalanuvchi qancha vaqt sarflashi;
  • foydalanuvchi yashaydigan davlat, ishlatadigan mobil qurilmasi va internetga ulanish turi haqidagi ma’lumotlardir.

Foydalanuvchining «ID»si, parollari yoki boshqa shaxsiy ma’lumotlari – foto, video, audio materiallar va yozishmalari haqida ma’lumot olinmaydi.

Taqdimotda «Bu narsa Facebook foydalanuvchilari uchun chiqarayotgan mahsulotlarimizni yanada sifatliroq qilishga yordam beradi» degan kompaniya vakili.

18 yoshdan kattalar bu ilovani o‘rnatishi mumkinligi aytilgan.
Ilovani avvaliga AQSH va Hindistonda o‘rnatish mumkin. Keyinchalik boshqa mintaqalar uchun ham ochilishi ma’lum qilingan.