Global iqlim isishi oqibatida Himolay tog‘idagi muz va qorlar erib, Jomolungma cho‘qqisiga chiqish ilinjida o‘lib ketgan alpinistlarning jasadlari topilmoqda.

  • Cho‘qqiga chiqishga harakatlar boshlangandan buyon 300 alpinist o‘lgan. Aksari qor tagida qolib ketgan.
  • Hozirgacha 4800 alpinist Jomolungma cho‘qqisini zabt eta olgan.

Bahor kelib cho‘qqiga chiqish mavsumi boshlanishi bilan cho‘qqining shimoliy tomoni – Xitoy hududidagi qismidan jasadlarni olib tushish boshlangan. Asosan keyingi yillarda o‘lganlarning jasadlari topilmoqda. Eskilari qorning chuqur qa’rida qolgan.

Nepal qonunlariga ko‘ra o‘lgan odamlar tanasini faqat hukumat tashkilotlari vakillari ishtirokida olib tushish mumkin.

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, Himolay tog‘ining Jomolungma cho‘qqisidagi muzlar erishi tezlashgan. Cho‘qqiga chiqishda alpinistlar kesib o‘tadigan Kxumbu muzligidagi ko‘llar suv ko‘payishidan kattarib, bir-biriga qo‘shilishni boshlagan. 2016-yili Jomolungma yaqinidagi Imja ko‘lida suv ko‘payib, xavfli darajagacha ko‘tarilgach, Nepal armiyasi ko‘l suvini quritgan.