Turkiyaning Nurol Makina shirkati O‘zbekiston qurolli kuchlariga ilk 24 ta Ejder Yalcin jangovar zirhli mashinasini yetkazib berdi. Bu haqda shirkat rahbari Engin Aykolga tayanib TopWar nashri xabar tarqatdi.

7,62 millimetr kalibrdagi pulemyotlar o‘rnatilgan Ejder Yalcin zirhli mashinalarini sotib olish to‘g‘risida “O‘zbekavtosanoat” turk shirkati bilan 2017-yilning oktyabrida memorandum imzolagan edi.

Memorandumda O‘zbekiston hududida Nurol Makina bilan hamkorlikda mingta Ejder Yalcin jangovar zirhli mashinasini xorijga sotish huquqi bilan ishlab chiqarish ham nazarda tutilgan.

Image result for ejder yalçın 4x4

Ejder Yalcin yo‘ltanlamasning tagi V-simon bo‘lgan zirhli korpusi minalar, pistirmadan bo‘ladigan hujumlardan yaxshi himoya qiladi. Ekipaj ikki haydovchi va to‘qqiz nafar desantchidan iborat.

O‘zbekiston qurolli kuchlari uchun 7,62 millimetr kalibrdagi pulemyotlar o‘rnatilgan varianti tanlangan. Turk zirhli mashinalari O‘zbekiston – Afg‘oniston chegarasini qo‘riqlashda ishlatiladi.

Image result for ejder yalçın 4x4

O‘zbek qurolli kuchlari so‘nggi yillarda o‘z jangovar potensialini kuchaytirib kelmoqda. Xususan, 2019-yilda O‘zbekiston Rossiyadan ko‘p maqsadli «Tigr» zirhli avtomobillarini sotib olgan. O‘zbek qurolli kuchlari Rossiyaning katta kalibrli «Kord» pulemyoti bilan qurollangan "jangovor buxanka" UAZ-39094, "Tayfun-K" 4x4 minadan va pistirmadan himoyalangan zirhli avtomobillaridan foydalanayotgani ham ma’lum bo‘ldi.