Xalq ta’limi vazirligi yagona maktab formasi savdosini maktablar orqali tashkil etish taqiqlanganini eslatdi.

"Direktorlarning yagona maktab formasi savdosini yoki boshqa bichimdagi formalarni markazlashgan holda joriy etishni tashkil etishi taqiqlanadi. Maktab formalari savdosi maxsus savdo shoxobchalari orqali tashkil etiladi", – deyiladi xabarda.

  • Avvalroq ijtimoiy mediada maktab direktorlari formani "qattiq tavsiya qilishayotgani" haqida xabarlar chiqqandi.
  • Ota-onalarning aytishicha, tadbirkorlar allaqachon tiktirib qo‘ygan formalarini endi maktab direktorlari orqali sottirmoqchi bo‘lgan.

XTVning eslatishicha, 2024/2025-o‘quv yiligacha o‘quvchilar maktab formasi ixtiyoriy bo‘ladi. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi o‘quvchilar uchun maktab formalari ishlab chiqaruvchi korxonalar ro‘yxatini e’lon qilgan. Ota-onalar formalarni ulardan sotib olishlari mumkin.

Yagona maktab formasi 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab majburiy bo‘ladi.