6-mayda Qo‘qon shahridagi 8-maktab direktori darsdan so‘ng ro‘za tutgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini issiq havoda maktab hovlisida yugurtirgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarni junbushga keltirdi.

"Bugun Qo‘qon shahridagi 8-maktab direktori darslar tugab boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uyiga qaytayotgan vaqtda darvoza oldiga kelib olib, "Qani kim ro‘za tutgan?" – deb so‘rabdi. Qo‘l ko‘tarib, "Hozir maqtov eshitaman" degan bolakaylarni oftobning tig‘ida maktab hovlisida yugurtirganini aytishayapti", – deydi Facebook foydalanuvchilaridan biri.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining "Minbar"ga ma’lum qilishicha, ayni paytda bu hodisani prokuratura organlari o‘rganmoqda.

Voqea tafsilotlarini Minbar ham surishtirmoqda.