Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey 7 iyundan konservatorlar partiyasi liderligidan ketishi, partiyaning yangi lideri saylanishi bilan bosh vazirlikdan ham iste’fo berishini e’lon qildi.

Mey o‘zining xissiyotlarga to‘la nutqida 2016 yilgi Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqishi yuzasidan bo‘lgan referendum natijalarini amalga oshirishga astoydil harakat qilganini aytgan.

U, shuningdek, mamlakatni yangi rahbar boshqarishi kerakligi, bu hammaning manfaatiga xizmat qilishini ta’kidlagan.

Tereza Mey 2016 yilgi referendumdan so‘ng bosh vazir bo‘lgan. Uning davri asosan Britaniyani YeIdan ajratish harakatlari bilan o‘tib ketgan. Ammo shuncha urinishiga qaramay biror tayinli natijaga erisha olgani yo‘q.

Meyning Brekzit bo‘yicha parlamentga kiritgan birorta ham loyihasi tasdiqlanmagach, uni o‘z partiyadoshlari hokimiyatni boshqasiga topshirishga undadi.