Buxoroning Qorako‘l tumanidagi matematika bo‘yicha mashhur maktab (1-IDUMI) negizida Xalqaro matematika maktabi tuziladi. Shunday topshiriqni Shavkat Mirziyoyev Buxoroga borgan paytida bergan. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘z Facebook sahifasida aytgan.

"Ushbu maktab salohiyatini yanada kuchaytirish maqsadida prezidentimizdan uning negizida Xalqaro matematika maktabini tuzish bo‘yicha tashabbus bo‘ldi", – deydi vazir.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklaridagi xalqaro maktablar tajribasini o‘rganish va yana bir shunday maktabni Buxoroda tashkil etishni ham topshirgan.