Turli sabablarga ko‘ra ko‘ra bolalarning bog‘chasini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Ammo bu jarayon og‘riqli kechmasligi, bolaning ruhiyatida iz qoldirmasligi kerak. Chunki do‘stlari, tanish o‘yinchoqlari va tarbiyachilari avvalgi bog‘chasida qolyapti. Unga qolsa bu yerdan ketgisi yo‘q, ammo allaqachon qaror qabul qilingan. Quyida bola yangi bog‘chaga o‘tganda notanish muhit va jamoaga qanday qilib tezroq moslashishiga ko‘maklashish bo‘yicha psixologlarning ayrim tavsiyalarini keltirib o‘tamiz.

Bola, ota-onadan farqli o‘laroq, nima uchun bolalar bog‘chasini o‘zgartirishi kerakligini tushunmaydi. Yangi bog‘chaga o‘tishi uning uchun kutilmagan voqea bo‘lib qolmasligi uchun uni oldindan rejalar haqida so‘zlash kerak. Agar bu boshqa joyga ko‘chib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lsa, masalan, aytaylik: “Biz endi boshqa joyda yashaymiz, u yerda sening boshqa bog‘chang bo‘ladi”.

Ma’lumotni qisqa va ehtiyotkorlik bilan bering, bolani qo‘rqitib yubormang, ammo so‘zlaringizda ishonch ham bo‘lsin. Ota-ona bolani boshqa bog‘chaga o‘tkazish orqali hech qanday yomon ish qilmaydilar. Ha, u yangi bolalar va tarbiyachi bo‘lgan guruhga boradi, ammo bu falokat emas, balki yangi do‘stlar va o‘yinchoqlar bilan qiziqarli tanishuv jarayonidir.

Avvalo, ota-ona o‘zrining holatiga e’tibor berishi kerak. Bunday munosabat bolaning qanday qilib bir bog‘chadan boshqasiga hotirjam o‘tishini ta’minlaydi. Munosabat barqaror, oiladagi vaziyat ishonchli bo‘lishi kerak. Farzandingizni yangi taasurotlar haqida gapirganda tinglang.

Asosiysi vahima qilmaslik. Agar butun oila bolaning bog‘chadagi birinchi kuni qanday o‘tganini muhokama qilmoqchi bo‘lsa, u shunchaki qo‘rqib, tashvishlana boshlaydi.

Ikki yoshdan to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiyachi va yangi joy bilan oldindan tanishishi kerak, besh yoshdan olti yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun do‘stlar va jamoa muhimroqdir. Eski bolalar bog‘chasidagi do‘stlari bilan aloqani saqlab qolishga harakat qiling. Agar u eski bog‘chadan mojaroli vaziyat tufayli ketmayotgan bo‘lsa, unda yangi joyda, katta ehtimol bilan hammasi yaxshi bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar odatda o‘zgarishlarga yaxshi moslashadi.

Agar birinchi bog‘da bola jamoada qiyinchiliklarga duch kelgan bo‘lsa, unda vaziyat yana qaytarilish ehtimoli bor. Bunday holatda, yangi bolalar bog‘chasining psixologiga oldindan murojaat qiling. Undan bolaning yangi sharoitlarga moslashishini kuzatishini so‘rang.

Birinchi bolalar bog‘chasida bo‘lgani kabi, bolaning asta-sakin qolishini ta’minlang: kichik yoshdagi bolalar uchun bir –ikki soat va besh yoshli bolalar uchun tushlikdan oldin. Yangi muhit bu stressdir va bola birdaniga unda uzoq vaqt qolishi shart emas. Yangi joyga moslashish davri taxminan bir oy davom etadi. Shu bilan birga, bunda hissiyot, kayfiyat va kamgaplik normal holatdir — bu yosh bolalar uchun ham kattaroq, deyarli “bitiruvchilar” uchun normal reaksiyadir.