30-aprelda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Qoraqum cho‘lida Xavfsizlik kengashining sayyor yig‘ilishini o‘tkazgan.

Uchrashuv joyiga prezident vertolyotda va 6 g‘ildirakli yo‘ltanlamas mashinada borgan. Yig‘ilishdan keyin esa Xavfsizlik kengashi a’zolari hamrohligida kvadrotsiklda sayr qilgan.

Asli kasbi stomatolog bo‘lmish prezident ko‘p qirrali iste’dod sohibidir. Mahoratli chavandoz va sportchi bo‘lishdan tashqari, prezident she’r yozadi, musiqa bastalaydi va hatto avtopoygalarda qatnashadi. Yaqinda u toychog‘i Rovochga bag‘ishlab rep ham aytgan edi.