Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga mas’ul ishchi guruh o‘z takliflarini taqdim etdi.

Bu ishchi guruh mamlakatning yetakchi tilshunoslik muassasalarining mutaxassislaridan iborat ekanini hisobga olsak, ular taqdim etgan takliflar hukumat tomonidan o‘zgarishsiz tasdiqlanishi ehtimoli katta.

Qisqa qilib aytganda, 26 yil o‘tib 1993-yilda qabul qilingan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga qaytilmoqda. Bu alifboga 1995-yilda Turkiya ta’siridan xavfsirash (panturkizm fobiyalari) kabi sabablar deb ayrim tuzatishlar kiritilgan edi. Aynan shu davrda harflar ustidan va ostidan qo‘yiladigan belgilar o‘rniga maxsus diakritik belgi (‘) qo‘yiladigan bo‘ldi: O – O‘, G – G‘. Ba’zi tovushlar esa qo‘shaloq harflar: SH sh, CH ch tarzida ifodalanadigan bo‘ldi.

O‘zbek alifbosi islohotining qisqa mazmuni (vaqti yo‘qlar uchun)

Asosiy o‘zgarishlar 4 ta muammoli harf hamda lotin yozuvida ifodalanmagan "s" belgisi bilan bog‘liq.

  • harfi Ó bo‘ladi. Misol: zbekiston -Ózbekiston
  • harfi Ǵ bo‘ladi. Misol: arb - Ǵarb
  • Sh harfi Ş bo‘ladi. Misol: Chorshanba - Chorshanba - Çorşanba
  • Ch harfi Ç bo‘ladi. Misol: Chorshanba - Chorshanba - Çorşanba
  • ng birikmasini yaxlit harfga aylantirmasdan, alifbodan tashqarida fonetik birikma sifatida o‘rgatish-o‘rganish taklif etilmoqda.

  • Alifbo tugalligini ta’minlash, shuningdek, o‘zlashma so‘z va atamalarni aniq ifodalash maqsadida Cc (s) harfini qabul qilish.

Ishchi guruh 29 harf va bir belgidan tarkib topgan takomillashtirilgan alifbo loyihasini ishlab chiqdi:

Alifbo harflari

Harflarning nomi

Kirilldagi muqobili

1

A a

a

Aa

2

B b

be

Бб

3

C c

ce

Сс

4

Ç ç

çe

Чч

5

D d

de

Дд

6

E e

e

Ээ

7

F f

fe

Фф

8

G g

ge

Гг

9

Ǵ ǵ

ǵe

Ғғ

10

H h

he

Ҳҳ

11

I i

i

Ии

12

J j

je

Жж

13

K k

ke

Кк

14

L l

le

Лл

15

M m

me

Мм

16

N n

ne

Нн

17

O o

o

Oo

18

Ó ó

ó

Ўў

19

Pp

pe

Пп

20

Q q

qe

Ққ

21

R r

re

Рр

22

S s

se

Сс

23

Ş ş

şe

Шш

24

T t

te

Тт

25

U u

u

Уу

26

V v

ve

Вв

27

X x

xe

Xx

28

Y y

ye

Йй

29

Z z

ze

Зз

30

ʼ

Tutuq belgisi

Ъъ

O‘zbek alifbosining islohoti haqida batafsil ma’lumot (til shaydolari va filologlar uchun)

1. Oʻ va Gʻ harflari va ularning muammolari

Bu harflardagi maxsus belgilar unikal emas – bitta belgi har xil yozilmoqda:

Misol

Belgi nomi

Yunikod raqami

1

O‘zbekiston | to‘g‘ri

Apostrof

U+0027

2

O‘zbekiston | to‘g‘ri

Gravis

U+0060

3

O‘zbekiston | to‘g‘ri

O‘ng bir tirnoq

U+2019

4

O‘zbekiston | to‘g‘ri

Chap bir tirnoq

U+2018

5

O´zbekiston | to´g´ri

Akut

U+00B4

6

Oʻzbekiston | toʻgʻri

Okina

U+02BB

Muammo shundaki, vaharflarining belgisini to‘g‘ri yozish – juda qiyin masala. Masalan, kompyuterda Word dasturida bu harflarni yozish uchun ikki murakkab usuldan foydalanish mumkin:

(1) avval O yoki G harfini yozib, keyin bitta bo‘sh joy (probel) tashlab, Enter tugmasining chap tomonida joylashgan apostrof tugmasi bosilsa, bizga kerakli chap bir tirnoq (teskari bir tirnoq ham deyiladi) yoziladi;

(2) alohida raqamlar paneli bor klaviaturada avval O yoki G harfini yozib, keyin Alt + 0145 tugmalari birikmasini bosish orqali yoziladi.

Birgina harfni yozish uchun naq 6 ta (!) tugma bosilishi kerak; o‘zbek tilida tarkibida Oʻ va Gʻ harflari qatnashgan so‘zlarning ko‘pligi bois yuqoridagi ikki usulda kattaroq matn yozish juda mashaqqatli jarayon.

Bu harflarning yana ko‘plab texnik qusurlari borki, zamonaviy texnologiya va elektron dastur ustalari bu borada yaxshiroq tasavvurga ega: ularni bu o‘rinda batafsil bayon qilishimiz shart emas deb o‘ylaymiz.

Bu harflarning o‘rnini olishga “da’vogar” harflarni quyidagi jadvalda ko‘rib chiqamiz.

Harflar

Nomi

Harflar

Nomi

Ö / ö

diyerezis belgili O

mavjud emas

Ŏ / ŏ

brevis belgili O

Ğ / ğ

brevis belgili G

Õ / õ

tilda belgili O

mavjud emas

Ō / ō

makron belgili O

Ḡ / ḡ

makron belgili G

Ó / ó

akut belgili O

Ǵ / ǵ

akut belgili G

Ò / ò

gravis belgili O

mavjud emas

Ǒ / ǒ

karon belgili O

Ǧ / ǧ

karon belgili G

Ô / ô

sirkumfleks belgili O

Ĝ / ĝ

sirkumfleks

belgili G

Óó va Ǵǵ harflarining qardosh xalqlar, ayniqsa, bir vatan ichida yashayotgan qoraqalpoq xalqi alifbosi bilan bir xil bo‘lishi har jihatdan maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.

Oʻ va Gʻ harflari bo‘yicha taklif:

Hozirgi

Yangi ko‘rinish

Yunikod kodi

1

Oʻ / oʻ

Ó / ó

U+00D3/ U+00F3

2

Gʻ / gʻ

Ǵ / ǵ

U+01F4/ U+01F5

2. Ch va Sh harfiy birikmalari va muammolari

Hozirgi alifbomizda C harfi yo‘q, lekin Ch harfiy birikmasida o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qoladi. Holbuki, mantiq talabiga ko‘ra, harfiy birikmalar alifbodagi mavjud harflardan tashkil topishi kerak edi. Qolaversa, bu harfiy birikmalar xalqimiz o‘rgangan “bir tovush – bir harf” tamoyiliga mos tushmaydi, shu bois ba’zi noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

Ingliz tilida “Charles Dickens” degan yozuvchining ismi bosh harf bilan yozilganda ular “Ch.Dickens” emas, “C.Dickens” deb yoziladi. O‘zbek tilida esa unday emas, masalan, “Shuhrat Chinberdiyev” degan ism-familiyani faqat bosh harflari bilan yozmoqchi bo‘lsak, “Sh.Ch” deb yozishga majburmiz.

Ba’zan hafta kunlarining qisqartma nomlarini ishlatishga to‘g‘ri kelib qoladi. Bitta harfli qisqartmalar: D, S, C, P, J, S, Y. Bunda, C – chorshanbaning qisqartmasi, biroq o‘zbek lotin yozuvida C harfi ham, C harfi bilan boshlanadigan hafta kuni ham yo‘q. J dan keyin kelgan S – shanbaning qisqartmasi, bunda ham shu muammo: Sh deb yozsak 2 ta harf bo‘lib ketadi.

Eng asosiy muammo – o‘zbek tilida Ch va Sh tovushlari juda faol tovushlar sanaladi. Qiyoslaydigan bo‘lsak, ona tilimizda Ch va Sh tovushlari ingliz tiliga nisbatan 3-5 barobar ko‘p uchraydi va bu hol Ch, Sh ning matnda ketma-ket, g‘uj bo‘lib kelishiga sabab bo‘layapti va o‘qish-yozishni qiyinlashtirayapti.

Ch va Sh harfiy birikmalari bo‘yicha taklif:

Hozirgi

Yangi

Yunikod kodi

1

Sh / sh

Ş / ş

U+015E / U+015F

2

Ch / ch

Ç / ç

U+00C7 / U+00E7

3. ng tovushi bilan bog‘liq muammolar

Ch va Sh harbiy birikmalarini isloh qilayapmiz, ng harfiy birikmasini nima qilamiz?” degan tabiiy savol paydo bo‘ladi.

ng tovushi, boshqa tovushlarga qiyoslaganda, alohida xususiyatga ega: u hech qachon so‘z boshida kelmaydi. Bu tovushga arab alifbosida ham, kirill-o‘zbek alifbosida ham, amaldagi lotin alifbosida ham yaxlit harf ajratilmagan. 1993-yilda qabul qilingan lotin-o‘zbek alifbosida bu tovush ilk bor Ññ harfi bilan ifodalandi-yu, 1995-yilda yana undan voz kechildi. Sababi, Ññ harfini idrok etishda ko‘pchilik chalg‘idi. Ya’ni, kirill imlosiga ko‘ra qaysi so‘zda N va G harflari yonma-yon kelgan bo‘lsa, yoppasiga Ññ harfi bilan yozila boshlandi. Masalan: taña, mañu. Aslida, bu so‘zlardagi N va G harflari Ñ tarzida yoziladigan bo‘lsa, qo‘shimcha G harfi orttirilishi kerak, shunda talaffuz to‘g‘ri bo‘ladi: tañga, mañgu. Mashhur adibimiz Chingiz Aytmatovning ismi qirg‘iz tilida Chiӈgiz deb yozilishi bejiz emas. Yoki N tovushi bilan tugagan so‘zga -ga qo‘shimchasi qo‘shilsa ham, ñ emas, ng yozilishi kerak: menga, jonga, vatanga. Ñ va NG o‘rtasidagi bunday o‘ziga xos nozik, biroz e’tibortalab chegarani ilg‘amaslik oqibatida xatolar avj oldi.

Ikkinchidan, ng birikmasi yaxlit harfga aylanadigan bo‘lsa, kirill va hozirgi alifboda chop etilgan son-sanoqsiz kitoblarni hamda boshqa har xil matnlarni yangi alifbomizga o‘girish chog‘ida ko‘plab chalkashliklar yuzaga keladi – elektron dasturlar ӈ (ŋ) tovushiga qo‘shib, bir-biriga aloqasiz, ammo yondosh kelgan barcha N+G harflarini birvarakayiga bitta harfga o‘zgartirib yuboradi. Tilimizda ӈ (ŋ) tovushi va yonma-yon keladigan N+G harflari judayam ko‘p uchragani uchun ularni topib, qiyoslab to‘g‘rilash – muharriru musahhihlarga katta zahmat yuklaydi.

Qolaversa, tilimizda ba’zi so‘zlarda uchraydigan NG‘ tovushiga (qo‘ng‘ir, qo‘ng‘iz, to‘ng‘iz, qing‘ir, o‘ng‘ay) ham alifbomizda alohida harf ajratilmagan. Shunday ekan, hech qachon so‘z boshida kelmaydigan, boshqa tovushlarga qaraganda cheklangan NG tovushini ham alifbodan tashqarida fonetik birikma sifatida o‘rgansa bo‘ladi deydi mutaxassislar.

ng tovushi bo‘yicha taklif:

ng birikmasini yaxlit harfga aylantirmasdan, alifbodan tashqarida fonetik birikma sifatida o‘rgatish-o‘rganish.

4. Ss harfi bilan bog‘liq muammolar

Bu belgini yoqlovchi va rad etuvchi ikki zid qutb bor.

Ss ni rad etuvchilar uni alifbomizga kiritmasligimiz kerak, sababi, bu harf turli xalqlarda turlicha tovushlar (s, k, j, ch, s)ni ifodalaydi, unga qaysi tovushni yuklamaylik, xalqaro atamalarni o‘qishda chalkashliklar yuzaga keladi deyishadi.

Ss ni yoqlovchilar bu harf alifbomizda mavjud bo‘lmagani bilan ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijtimoiy hayotimizda baribir ishtirok etayapti, masalan, pasport seriyasi, test savolnomasi, avtomashina raqamlari kabi ro‘yxat bandlarini alifbo asosida tartiblashda va boshqa holatlarda Ss harfidan foydalanayapmiz, shuning uchun bu harfni alifboga qabul qilishimiz shart deyishadi.

Ss ni yoqlovchilarning aksariyati bu belgidan kirill alifbosidagi Ss tovushini ifodalash uchun foydalanaylik deyishadi va o‘z qarashlarini asoslash uchun qator dalillar keltiradi. Jumladan:

1) til jonli hodisa sifatida muntazam rivojlanadi: o‘tgan asrda tilimizga chet tillar, xususan, rus tili orqali s harfi qatnashgan juda ko‘p o‘zlashma so‘zlar kirib keldi – s harfi yoki ts birikmasi esa bu tovushni hamisha ham to‘la aks ettirmaydi;

2) xalqaro tabiatga ega bo‘lgan so‘zlar, xususan, ko‘p ilmiy-tibbiy atamalarda Cc (s) harfi juda faol ishtirok etadi;

3) o‘zga millat vakillarining ism-familiyasidagi s tovushini to‘g‘ri aks ettirish imkoniyati yo‘qligi bois ba’zan muayyan noqulaylik, chalkashliklar yuzaga kelmoqda. Masalan: Soy – Soy;

4) qadimiy lotin tiliga mansub bo‘lgan s harfli ko‘p so‘zlar asliyatda ham Ss harfi bilan yozilgan. Masalan: sirk (circus), sement (caementum), konsert (concerto), litsey (lyceum) va hak. Va bugun ham lotin alifboli ko‘p xalqlar bu so‘zlarni asliyatga muvofiq yoki yaqin tarzda yozadi. Masalan:

Lotin

Ingliz

Ispan

Fransuz

Chex

Polyak

cirkus

circus

circo

Cirque

cirkus

cirk

caementum

cement

cemento

Ciment

cement

cement

concerto

concert

concierto

Concert

koncert

koncert

lyceum

lyceum

liceo

Lycce

lyceum

liceum

5) dunyodagi ko‘p xalqlar alifbosiga faqat o‘zlashma so‘zlar uchun maxsus harflar kiritilgan. Masalan, venger alifbosida – Q, W, X va Y harflari;

6) alifboga Cc (s) harfining kiritilishi kirill yozuviga o‘rganib qolgan katta avlod vakillarining ham lotin yozuviga tezroq moslashib ketishiga, rasmiy alifbomizning keng qo‘llanishiga zamin yaratadi.

Mabodo, Cc tarafdorlarining yuqoridagi dalillari asosli deb topilsa va alifbomizga Cc (s) harfi qabul qilinsa ham, bizningcha, rus tili qonuniyatlariga ko‘r-ko‘rona ergashmasdan, o‘zlashma so‘zlarning etimologiyasi hamda tilimiz tabiatidan kelib chiqqan holda o‘ziga xos qoidani joriy qilishimiz lozim.

Ehtimol, bu qoida shunday bo‘lar: Cc harfi o‘zlashma so‘zlarda qo‘llanadi. U so‘z boshida yoki undosh tovushdan keyin kelsa, Ss harfi kabi (cirk, lekciya), unli tovushdan keyin kelsa, ts (licey, administraciya) tarzida o‘qiladi”. Shunda Cc li o‘zlashma so‘zlarni asliyatga muvofiq yozib, tilimiz tabiatiga ko‘ra talaffuz qilamiz.

Ss harfi bo‘yicha taklif:

Alifbo tugalligini ta’minlash, shuningdek, o‘zlashma so‘z va atamalarni aniq ifodalash maqsadida Cc (s) harfini qabul qilish.

Yakuniy takliflar:

  1. Birinchi navbatda “Lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosini takomillashtirish” bo‘yicha yangi qonun ishlab chiqilishi, so‘ng “O‘zbek tilining yangi imlo qoidalari” ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanishi, shular asosida “Reklama to‘g‘risida” va “Firma nomlari to‘g‘risida”gi qonunlar tartibga keltirilishi lozim. Ana shu ishlardan so‘ng “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun ijrosi nazoratga olinsa, samarali bo‘ladi.
  2. Milliy alifbodagi muammolar nafaqat o‘qish-yozish jarayonida qiyinchilik tug‘dirmoqda, shu bilan birga, imloni, grammatikani tekshiruvchi, matnni nutqqa aylantiruvchi va nutqni matnga aylantiruvchi kompyuter dasturiy ta’minotlarining paydo bo‘lishiga ham to‘sqinlik qilmoqda. Ayni paytda Google, Microsoft, Huawei, Samsung, LG va boshqa bir qator yirik texnologik kompaniyalar o‘z dasturiy mahsulotlarini o‘zbekchalashtirayotganini hisobga olsak, alifboni kechiktirmasdan isloh qilishimiz ayni muddao sanaladi.
  1. Milliy alifbomiz isloh bo‘lib, qulaylashsa, katta-kichik avlodlarga mansub hamyurtlarimiz, shuningdek, yaqin-olis mamlakatlarda yashovchi millatdoshlarimiz yagona yozuv atrofida jipslashadi – nuqsonsiz, qulay alifbo xalqimizning birligiga, yakdilligiga xizmat qiladi.

Taklif sifatida Ishchi guruh tomonidan 29 harf va bir belgidan tarkib topgan takomillashtirilgan alifbo loyihasi ishlab chiqildi. Quyida ushbu alifbo loyihasini e’tiboringizga havola etamiz.

Alifbo harflari

Harflarning nomi

Kirilldagi muqobili

1

A a

a

Aa

2

B b

be

Бб

3

C c

ce

Сс

4

Ç ç

çe

Чч

5

D d

de

Дд

6

E e

e

Ээ

7

F f

fe

Фф

8

G g

ge

Гг

9

Ǵ ǵ

ǵe

Ғғ

10

H h

he

Ҳҳ

11

I i

i

Ии

12

J j

je

Жж

13

K k

ke

Кк

14

L l

le

Лл

15

M m

me

Мм

16

N n

ne

Нн

17

O o

o

Oo

18

Ó ó

ó

Ўў

19

Pp

pe

Пп

20

Q q

qye

Ққ

21

R r

re

Рр

22

S s

se

Сс

23

Ş ş

şe

Шш

24

T t

te

Тт

25

U u

u

Уу

26

V v

ve

Вв

27

X x

xe

Xx

28

Y y

ye

Йй

29

Z z

ze

Зз

30

ʼ

Tutuq belgisi

Ъъ