Prezident maktablariga 29-iyun – 2-iyulda bo‘lib o‘tgan saralash imtihonlarida 68 ta o‘quvchi 100 foizlik natija ko‘rsatgan. Ushbu o‘quvchilar matematika fanidan uch xil murakkablikdagi 30 ta masalaning barchasiga to‘g‘ri javob berishgan.

Saralash imtihoni savollari sinflar bo‘yicha alohida tayerlangan bo‘lib, 30 masaladan iborat.
Masalalar murakkablik darajasiga qarab uch turga bo‘linadi: 1-10 – oson savollar (A toifa); 11-20 – o‘rtacha savollar (B toifa); 21-30 – qiyin savollar.


Prezident maktablari sinovida bir xil natija ko‘rsatganlar qanday tanlanadi?


Masalaning murakkabligidan kelib chiqib har bir to‘g‘ri javob uchun quyidagicha ball beriladi:
A toifa = 2,1 ball;
B toifa = 3,2 ball;
C toifa = 4,3 ball.

Saralash imtihonlarida qaysi hududda necha nafar nomzod yuqori ball olgani sinflar bo‘yicha quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan:

Saralash imtihonlari natijalariga ko‘ra 27 500 nafar nomzoddan 11 520 nafari keyingi bosqichga o‘tdi. Imtihon natijalarini onlayn tekshirishingiz mumkin.


Prezident maktablariga nomzodlar $320lik imtihonlarni bepul topshirmoqda


Birinchi bosqichdan o‘tolmaganlar apellyasiyaga topshirolmaydi.

Keyingi bosqich (asosiy) imtihonlari 21 – 24-iyul kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Imtihonlarning asosiy bosqichi axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha (16 ta masala), mantiq elementlari bo‘lgan matematika fanidan (24 ta masala) hamda ingliz tili (55 ta test savoli) fanlaridan iborat bo‘lishi ma’lum qilingan. Ushbu topshiriqlarni bajarish uchun jami 150 daqiqa (2 soat 30 daqiqa) vaqt beriladi.

Har bir to‘g‘ri javob uchun bir ball beriladi va u quyidagicha taqsimlanadi: