Keyingi o‘quv yilidan 4 ta hududda – Toshkent shahri, Farg‘ona, Buxoro va Xorazm viloyatlarida maqom maktab-internatlari tashkil etiladi. Bu haqdagi hukumat qarori loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirilgan.

Bu maktablar amaldagi musiqa va san’at maktablari tarkibida tuziladi, faqatgina Toshkentda yangidan tashkil etiladi. Ularda o‘quvchilar maqom ijrochiligi yo‘nalishida o‘qitiladi.

  • Maqom maktab-internatlariga 2020/2021-o‘quv yilida 5-6-7-8-sinflarga hamda 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab 5-sinfga 30 nafardan o‘quvchi tanlov asosida qabul qilinadi.
  • O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab maqom ijrochiligi yo‘nalishi bo‘yicha qabul kvotasi bir barobarga ko‘paytiriladi.