Tizimga kirish

Parolni unutdingizmi?

yoki

Ro'yhatdan o'tish


yoki
abdulazim ziyouddin

Nozimjon Hoshimjon Ustoz - 23 Avg 2022


Baxt kalitlari

img

Er erta tongda uyqudan turdi. Nonushtani qilib bo'lgach, kiyimlarini kiyib, ishga jo'nashga chog'landi. Ofisning kalitini olish uchun o'zining kitoblari turadigan xonasiga kirdi. Qarasa, stolning va kompyuter turadigan xonning usti qalin chang bilan qoplangan ekan. 
Ohistalik bilan u yerdan chiqdi va xotiniga: “Ayolim, sevgilim, xonamga kirib, stol ustidan kalitlarimni olib chiqib ber” dedi. Ayol kalitlarni olish uchun haligi xonaga kirdi. 
Kalitlarni olib, endi chiqmoqchi edi, xon ustidagi changning o'rtasiga barmoq bilan: 
“Xonimim, seni sevaman. Ey umrimning yo'ldoshi, seni juda ham sevaman” deb yozib qo'yilibdi. 
Ortga qayrilib, xonadan chiqmoqchi edi, kompyuter turadigan xonning ustidagi changning 
o'rtasiga ham barmoq bilan: “Xonimim, seni sevaman. Ey umrimning yo'ldoshi, seni juda ham 
sevaman” deb yozib qo'yilibdi. 

 Ayol xonadan chiqib, kalitlarni eriga uzatar ekan, yuzida tabassum ko'rinardi. Go'yoki, u erining nima demoqchiligini tushungandek, bundan keyin uyining tozaligiga jiddiy e'tibor berishga qasd qilgandek edi. Ha, bu hodisa xato qilgan ayoliga 
yomon muomala qilmasdan, balki uning xatosini go'zal shaklda tushuntirib, noqulay va 
ko'ngilsiz vaziyatni hursandchilikka aylantirgan aqlli erning uyida sodir bo'lgan. Mana shu 
haqiqiy muhabbat, haqiqiy baxtiyor oiladir. Zero, oilaparvar dinimiz islom ham bizlarni 
ana shunday muloyimlikka, og'ir vaziyatlarni ham yumshoqlik bilan hal etishga chorlaydi. Alloh 
taolo yurtimizdagi barcha oilalarni baxtiyor oilalardan qilsin, omin!  

Nozimjon Hoshimjon