Чор Бакр

Chor Bakr — Buxoroda yashab oʻtgan (9—10-a.lar) mashhur toʻrt shayx (Abu Bakr Saʻd, Abu Bakr Fazl, Abu Bakr Muhammad, Abu Bakr Tarxon), tasavvufning yirik namoyandalari bölganlar.

.

Chor Bakrlarning ajdodlari paygʻambarimiz Muhammad sollollohu alayhi vasallamning nabirasi Imom Husayn roziyallohu anhuga borib taqaladi. Ular Ali roziyallohu anhuning avlodlaridan 4 imom boʻlgan Jaʼfar as-Sodiqning nevaralari hisoblangan.

Chor Baklar Buxoroda vafot etganlar va shahar yaqinidagi Sumitan mavzeida dafn etilganlar. Ularning qabrlari ustida Abdullaxon II (16-a.) davrida hashamatli maqbara va boshqa meʼmoriy inshootlar qurilgan (q. Chor Bakr meʼmoriy majmuasi).

 Chor Bakrlar shajarasidan 16-asrda Joʻybor xojalari nomi bilan mashhur boʻlgan naqshbandiya tariqatining yirik shayxlari ( Xoja Muhammad Islom, Xoja Saʼduddin) yetishib chiqqan.