Abu Bakr Ahmad ibn Xoja Saʼd Yamaniy

(9-a. oxiri — 971) — Buxoroda tugʻilgan. Uning otasi Xoja Saʼd Yamaniy imom Husaynning Zaynulobiddin ismli oʻgʻlining farzandi boʻlib, u Buxoroga Ali ibn al-Husayn bilan birgalikda kelib ketgan (9-a.ning soʻnggi choragi).

.

Narshaxiyning yozishicha, Somoniylar amiri Ismoil Somoniy unga Buxoro yaqinidagi Joʻyi Moʻliyon mavzeidagi serhosil yerlarning katta qismini vaqf qilib bergan. Xoja Saʼd Buxoro atrofidagi Sumitan qishlogʻida chorbogʻ, bogʻ, sardoba, tegirmon, hovuz va boshqa binolar barpo etib, bu yerdan katta daromad olgan. Abu Bakr Saʼd va uning avlodlari somoniylar davrida Buxoroda shayxulislomlik qilishgan. Abu Bakr Saʼd otasi vafot etgach, uning oʻrniga Ismoil Somoniyning piri hisoblangan. U fiqh maktabini tashkil etib, koʻplab ulamolarga ustozlik qilgan.